» » Kayfiyatni ko‘tarishning 7 ta ishonchli usuli

Kayfiyatni ko‘tarishning 7 ta ishonchli usuli


Hammada ham yomon kunlar bo‘lib turadi. Asosiysi — yomon kayfiyatga butunlay berilib ketmaslik va o‘tib olishni bilish. Quyidagi usullar sizga yordam beradi deb umid qilamiz.

Sizga quvvat bag‘ishlovchi, o‘zingiz uchun sevimli bo‘lgan treklardan pley-list tuzing. Hech qanday g‘amgin musiqani kiritmang, bunday musiqalar kayfiyatingizni battar tushiradi.

Ruhiy va jismoniy salomatlik o‘zaro bog‘liq ekanligi haqida unutmang. Amerika psixologik assotsiatsiyasi psixoterapiya rejasiga mashqlarni qo‘shishni tavsiya qiladi. Shuning uchun raqsga tushing, sakrang, yengil razminka qiling: endorfinlar ishlab chiqarilishi uchun har qanday jismoniy faollik ham to‘g‘ri keladi.

Yaqinlaringizga va do‘stlaringizga qo‘ng‘iroq qiling yoki ular bilan uchrashing. Yoqimli ijtimoiy munosabatlar bizni baxtliroq qiladi.

Agar do‘stlaringiz tezkor ravishda yordam ko‘rsata olmagan bo‘lsa, Telegram’dan kulgili mavzularni axtarib toping.

Yomon kayfiyat va tushkunlikka tushish kuchni va ishlash qobiliyatini yo‘qotadi. O‘zingizni urishmang: o‘nta qiyin ishning o‘rniga uchta oddiy ishni rejalashtiring. Maqsadga erishish sizga o‘zingizdan qoniqish hissini qaytaradi.

Yangi kinolarni katta ekranda tomosha qilishga boring: popkorn bilan va oxirgi qatorga. Yoki uyda o‘zingiz sevgan kinolarni ko‘ring.

Istaklarning ro‘yobga chiqishi ham har doim kishiga zavq bag‘ishlaydi. Bu aynan nimalar bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Mazali ovqat, iliq vanna, kutilmagan xarid — mayda bo‘lsa ham bular yaxshi ish beradi.

Manba: “Woman.ru”

Опубликовано: admin (30-11-2017, 09:29)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют