» » Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekistonning ushbu sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ etib belgilandi

Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekistonning ushbu sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ etib belgilandi


Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Inovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA keltirib o‘tdi.

Farmonga keltirilgan sharhda aytilishicha, jahon tajribasi barcha sohalarda sifatli o‘sishni ta’minlovchi yangiliklarni uzluksiz tarzda amaliyotga joriy etish jamiyat va iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganligini ko‘rsatmoqda.

Bugun rivojlanishning innovatsion modellari va “aqlli” texnologiyalar amalga oshirilayotgan mamlakatlar eng muvaffaqiyatli va barqaror hisoblanadi. Bunday mamlakatlarning barqaror taraqqiyoti, ularning jahon bozorlarida raqobatbardoshligi tabiiy resurslarni eksport qilish va jismoniy mehnatdan foydalanishga emas, balki innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarga asoslanadi.

Ushbu mamlakatlarda innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davlat strategiyasining ijrosi shartli ravishda “kelajak vazirliklari” deb nomlanuvchi maxsus idoralar tomonidan amalga oshiriladi.

Innovatsion rivojlanish uchun mas’ul idoralarning asosiy vazifasi innovatsiya va fan yutuqlarini keng joriy etish hisobiga mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini ta’minlash hamda iqtisodiyotda intellektual ulushning ko‘payishi hisoblanadi.

Biz O‘zbekistonni ishlab chiqarishda innovatsiya va intellektual hissaning yuqori ulushi bo‘lgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, zamonaviy va global bozorda raqobatbardosh sanoatga, shuningdek, qulay investitsiyaviy va ishchanlik muhitiga ega jadal rivojlanayotgan mamlakatga aylantirishimiz lozim, deyiladi hujjatda.

Qo‘yilgan maqsadlarga O‘zbekistonni rivojlanishning innovatsion modeliga to‘liq o‘tkazmasdan turib erishish mumkin emas, bu mamlakatda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning hamda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy sohaga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalda joriy qilishni rag‘batlantirishning samarali tizimini yaratish zaruratini taqozo etadi.

Farmonda mamlakatda innovatsiyalarni joriy etish ishlari tizimli asosda yo‘lga qo‘yilmaganiga sababchi bo‘lgan tizimli muammolar sanab o‘tildi.

Mavjud muammolarni hal qilish, shuningdek, innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar, ilmiy yutuqlarni joriy etishni rag‘batlantirishning institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmon qabul qilindi.

Mazkur Farmonga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni keng joriy etish borasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha muhim qadam sifatida qarash mumkin, deyiladi hujjatda.

Farmon bilan strategik rejalashtirish tizimini yaratish, davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini amalga kiritish, fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, investitsiyalarni keng jalb qilish, huquqiy bazani takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ijtimoiy va iqtisodiy hayotning dolzarb sohalariga ilg‘or texnologiyalarni faol joriy etish kabi mamlakat innovatsion rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi hamda uning davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy rivojlanish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohalaridagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari nazarda tutildi.

Bundan kelib chiqib, Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekiston Respublikasining innovatsion va ilmiy-texnik rivojlanishi sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ etib belgilandi.

Vazirlik davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi bo‘ladi, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davlat boshqaruv organlari, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil muassasalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Innovatsion texnologiyalar hisobiga rivojlanishning zamonaviy yondashuvlarini ishlab chiquvchi, shartli ravishda “kelajak vazirliklari” deb nomlanuvchi ixtisoslashtirilgan idoralarni tashkil qilish bo‘yicha jahon tendensiyasini qayd etib o‘tish lozim.

Faoliyatda bir-birini takrorlashni istisno etish, yagona yondashuvlarni ta’minlash maqsadida 2018-yil 1-yanvardan boshlab Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi, Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi, shuningdek, Fan va texnologiyalar agentligi tugatilmoqda.

Tashkil etilgan Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi o‘tkazilayotgan tadqiqotlar bo‘yicha hisobot berishning shaffof tizimidan foydalangan holda innovatsion g‘oyalar va ularni ishlab chiqishni moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbasi hisoblanadi.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют