» » O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar ovqatlanishini yaxshilash uchun autsorserlar jalb etiladi

O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar ovqatlanishini yaxshilash uchun autsorserlar jalb etiladi


Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridagi harbiy xizmatchilarning ovqatlanish sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror imzoladi, deb yozadi Norma.

Hujjatda Mudofaa vazirligi bo‘linmalarining shaxsiy qismlari ovqatlanishini autsorsing shartlari asosida tashkil etish ko‘zda tutilgan. Ya’ni ushbu maqsadlarda shartnoma asosida umumiy ovqatlanish korxonalari (autsorserlar) jalb qilinadi.

Birinchi navbatda ushbu tizim safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonlarida, harbiy ta’lim va davolash muassasalarida joriy etiladi.

Autsorserlar xizmatlari uchun to‘lovni Mudofaa vazirligi har bir harbiy xizmatchining ovqatlanish normasidan kelib chiqib, oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha bozor narxi bo‘yicha belgilaydi. Ushbu narxlarni Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi taqdim etadi.

Shuningdek, hokimlar autsorserlarga oziq-ovqat mahsulotlarini bevosita fermer xo‘jaliklaridan sotib olishda ko‘malashadi.

Mudofaa vazirligi bo‘linmalarining shaxsiy tarkibi ovqatlanishini tashkillashtirish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish tartibi 2018-yil 1-aprelgacha ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют