» » Bitkoin kursi 10 000 dollardan tushib ketdi

Bitkoin kursi 10 000 dollardan tushib ketdi


29-noyabr, chorshanba kuni o‘zining tarixiy maksimumiga erishgan bitkoin birdaniga qariyb 1000 dollarga tushib ketdi. Coindesk birjalarining ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro muvofiqlashtirilgan vaqt (UTC) bo‘yicha soat 21:01 da bitkoin narxi 9916 dollarni tashkil etgan, deb xabar berdi “Vedomosti”.

29-noyabrdagi ochiq savdolarda bitkoin narxi 9909 dollarni tashkil etgan.  UTC bo‘yicha soat 14:14 da esa eng mashhur kriptovalyutaning narxi 15 foizga o‘sib, o‘z tarixidagi maksimumga — 11 363 dollarga chiqqan.

Bitkoin 2017-yilning noyabridan boshlab faol ravishda qimmatlashmoqda. Kursning mustahkamlanishiga dunyodagi eng yirik birja operatorlaridan biri — CME Group’ning ushbu kriptovalyutada fyucherslarni yaratish qarori sabab bo‘lgan. Bundan tashqari 29-noyabr kuni Amerikaning Nasdaq birjasi ham fyucherslarni bitkoinda sotishga tayyorlanayotgani ma’lum bo‘ldi.

“Investorlar bitkoin narxining bu qadar tez o‘sayotganidan yuzaga keluvchi xatardan boxabar bo‘lishlari kerak“, — dedi Buyuk Britaniya Markaziy banki rahbari o‘rinbosari Jon Kanliff.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют