» » Airbus kompaniyasida Qozog‘istonga vertolyotlar va sun’iy yo‘ldoshlar sotilishi haqidagi ish doirasida tintuv o‘tkazildi

Airbus kompaniyasida Qozog‘istonga vertolyotlar va sun’iy yo‘ldoshlar sotilishi haqidagi ish doirasida tintuv o‘tkazildi


Yevropaning Airbus kompaniyasida Qozog‘iston bilan bog‘liq tekshiruv doirasida taftish ishlari o‘tkazildi, deb yozadi Kazakhstan Today.

Tintuv 2010-yilda vertolyotlar va sun’iy yo‘ldoshlarning Qozog‘istonga sotilishi haqidagi ish bilan bog‘liq bo‘lgan. Ayni paytda Fransiyada ushbu oldi-sotdi chog‘ida to‘langan 8,8 million yevro noqonuniy komissiya to‘lovi haqida tergov olib borilmoqda. Konsern top-menejerlari oktabrda ushbu ish bo‘yicha guvohlar sifatida so‘roqqa chaqirilgan edi.

Airbus bilan shartnoma tuzish chog‘idagi korrupsiya haqidagi ish bo‘yicha tergov Fransiya huquq-tartibot organlari tomonidan 2014-yildan buyon olib borilmoqda. Tergovchilar gumon qilishicha, noqonuniy oldi-sotdi ishtirokchilari Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi va bir qator qozog‘istonlik oligarxlar bo‘lgan.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют