» » Rossiyalik qiz sevgan yigitini to‘xtatib qolish uchun poyezdga mina o‘rnatilgani haqida yolg‘on xabar berdi

Rossiyalik qiz sevgan yigitini to‘xtatib qolish uchun poyezdga mina o‘rnatilgani haqida yolg‘on xabar berdi


Rossiyada 27-noyabr kuni yo‘lovchi poyezdiga mina o‘rnatilgani haqida xabar bergan 19 yoshli novosibirsklik qiz qo‘lga olindi, deb yozadi “Interfaks”. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qiz o‘sha poyezdda jo‘nab ketayotgan yigitini to‘xtatib qolish maqsadida tanishiga tegishli mobil telefon orqali yolg‘on xabar berganiga iqror bo‘ldi.

Portlovchi qurilmalar haqidagi xabar tufayli 27-noyabr kuni ertalab Neryungri—Moskva va Novokuznetsk—Moskva yo‘lovchi poyezdlari to‘xtatib qolingan, ulardan yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan. Kinologlar maxsus o‘rgatilgan itlar  bilan vagonlarni tekshirib chiqqan, portlovchi qurilmalar topilmagan. 15—25 daqiqalik ushlanib qolishdan so‘ng poyezdlar o‘z yo‘nalishlarida davom etgan.

Ta’kidlanishicha, qizning shuncha urinishlariga qaramasdan, yigit baribir Novosibirskdan jo‘nab ketgan.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют