» » Toshkentda YHXB xodimlari tomonidan bir hafta ichida 414 nafar piyodaga jarima solindi

Toshkentda YHXB xodimlari tomonidan bir hafta ichida 414 nafar piyodaga jarima solindi


20-noyabrdan 26-noyabr kuniga qadar “Tozalash—Antiterror” tadbiri davomida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan reydlar o‘tkazildi, deb xabar beradi IIBB matbuot xizmati.

Mazkur reydlar davomida 17617 ta yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlangan bo‘lib, jumladan: 1256 ta belgilangan tezlikni me’yoridan oshirish, 549 ta svetoforning taqiqlovchi ishorasiga harakatlanish, 156 ta mast holatda transport vositasini boshqarish, 568 ta uyali telefondan foydalanilganlik holatlari aniqlangan hamda 414 piyodaga jarima solindi.

Shuningdek, 20-noyabrdan 26-noyabr kuniga qadar Toshkent shahridagi 115 ta chorrahalardagi foto va video qayd qilish kameralari orqali 2414 ta yo‘l harakati qoidabuzarliklari qayd qilingan bo‘lib, shulardan 616 tasi transport vositalarining haydovchilari tomonidan svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmaslik va 1798 tasi belgilangan tezlikni me’yoridan oshirishni tashkil etadi.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют