» » LG’dan kelajak uylari uchun smart ekotizimni qurishning yechimi taqdim etildi

LG’dan kelajak uylari uchun smart ekotizimni qurishning yechimi taqdim etildi


Uyga mo‘ljallangan smart texnika qatori LG’ning Seul yaqinidagi “Buyumlar interneti” innovatsion platformasi bilan integratsiyalashadi.

Uyga mo‘ljallangan texnika ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisi LG Electronics tijorat sektori uchun o‘z imkoniyatlarini Seul yaqinida premium sinfidagi turar-joy komplekslari uchun integratsiyalashgan smart yechimlarni o‘rnatish hisobidan kengaytirmoqda. Ochilishi 2021-yilning boshiga mo‘ljallangan BeollaeI’PARKSuite turar-joy majmuasi beshta 45 qavatli binodan iborat bo‘lib, Seul shimoli-sharqida joylashgan hamda smart texnologiyalar qo‘llangan holda LG’ning maishiy texnikasi bilan jihozlanadi.

Kvartiralarni jihozlashda LG’dan uy uchun birinchi darajali smart qurilmalar ishlatiladi, ular orasida konditsionerlash tizimlari, muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, quritish mashinalari, idish yuvish mashinalari va kiyim-kechakka aloqador tizimlar bor. Uy egalari, shuningdek, havoni tozalovchi, robotlashgan changyutgich va LG ThinQHub dinamiki kabi “aqlli” devayslarni qo‘shimcha tarzda o‘rnatish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi, buning yordamida LG’ning barcha mahsulotlari bir-biriga ulanishi va ovozli buyruqlar yordamida boshqarilishi mumkin.

LG’ning ochiq smart ekotizimlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha strategiyasiga muvofiq, I’PARKSuite turar-joy majmuasi uchun ishlab chiqilgan tizim boshqa ishlab chiqaruvchilarning “aqlli” qurilmalari bilan mos tushadi. Smartfonlar uchun ilova barcha texnikani masofadan boshqarish, shuningdek, liftni chaqirish, elektr energiyasi iste’molini tekshirish, uyga yetkazib berish bo‘yicha murojaat yuborish, avtoturargohda joy borligini aniqlashtirish va tashrif buyuruvchilar bilan kirish eshigi orqali gaplashish imkonini beradi.

“Bu Koreyada smart texnika ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi sifatidagi ko‘p yillik tajribaga asoslangan LG uchun ilg‘or loyihadir. Bu namoyish etish emas, balki bizning uylarimiz kelajakda qanday bo‘lishiga oid haqiqiy hayotdan misoldir”, — deya ta’kidlab o‘tdi LG’ning Koreyadagi sotuvlar va marketing ofisi bo‘yicha prezidenti Choi Sang-gu.

Reklama huquqi asosida!

Опубликовано: admin (30-11-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют