» » Tramp Obama davrida AQSh davlat qarzi ikki marta oshganligini eslatib o‘tdi

Tramp Obama davrida AQSh davlat qarzi ikki marta oshganligini eslatib o‘tdi


AQSh prezidenti Donald Tramp 29-noyabr, chorshanba kuni undan oldingi prezident Barak Obama ma’muriyati davrida mamlakat davlat qarzi ikki marta oshganligini eslatib o‘tdi. Tramp tegishli qaydni Twitter’dagi sahifasiga joyladi, deb yozadi “TASS”.

“Sobiq prezident Obama davlat qarzini atigi sakkiz yilda oshirgani holda demokratlarning davlat qarzi haqidagi so‘zlarini eshitish kulgili”, — deya ta’kidladi Amerika yetakchisi.

Sentabrda AQSh davlat qarzi tarixda birinchi marta 20 trillion dollar ko‘rsatkichdan oshdi. O‘shanda Tramp mablag‘lar olish jarayonini yangidan boshlash imkonini beruvchi qonunni imzoladi. Bunda qarzning yangi limiti Kongressda 2018-moliyaviy yil federal budjeti ustida ish borar ekan, davlat muassasalariga 8-dekabrgacha ishlash imkonini beradi.

Amerika davlat qarzining hozirgi miqdori 20,5 trillion dollarni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Obama prezidentligi boshlangan paytda taxminan 10,6 trillion dollarga teng edi.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют