» » USAID o‘zbekistonlik 12 nafar transport-logistika mutaxassisi uchun o‘quv kursini o‘tkazmoqda

USAID o‘zbekistonlik 12 nafar transport-logistika mutaxassisi uchun o‘quv kursini o‘tkazmoqda


USAID Xalqaro ekspeditorlik uyushmalarining federatsiyasi (FIATA) dasturi bo‘yicha O‘zbekistonning transport-logistika kompaniyalarining 12 nafar mutaxassisi uchun “Xalqaro yuk tashishlar”, “Yetkazib berish zanjirini boshqarish” va “Transport” dasturi bo‘yicha o‘quv kursini o‘tkazmoqda. Bu haqda USAID’ning Markaziy Osiyoda raqobatbardoshlik, savdo va ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha loyihasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘quv kurslari O‘zbekistonning xalqaro ekspeditorlar uyushmasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) “Markaziy Osiyoda savdo taomilini soddalashtirish” dasturi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

O‘qitishdan maqsad logistika zanjirida xarajatlarni kamaytirish uchun transport-ekspeditorlik va logistika kompaniyalarining faoliyatida bilimlarni tizimlashtirish hamda mamlakat yuk tashuvchilari va logistika kompaniyalarining raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Kurslarni Gruziya logistlari uyushmasi va xalqaro ekspeditorlar uyushmasining yetakchi ekspertlari o‘tkazmoqda.

Shunga o‘xshash o‘quv kursi 2017-yilning 17-iyulidan 29-iyuligacha tojikistonlik 11 nafar tinglovchi ishtirokida bo‘lib o‘tdi. 9 nafar xususiy sektor, transport-logistika kompaniyalari va bojxona brokerlari hamda oliy o‘quv yurtining ikki o‘qituvchisi FIATA diplomiga ega bo‘ldi.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют