» » Jurnalistlar Trampning akkauntini blokirovka qilgan Twitter xodimini qidirib topdi

Jurnalistlar Trampning akkauntini blokirovka qilgan Twitter xodimini qidirib topdi


Jurnalistlar AQSh prezidenti Donald Trampning akkauntini 11 daqiqaga o‘chirib qo‘ygan Twitter sobiq xodimini qidirib topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. 

Buning uchun javobgarlikni kelib chiqishi turk bo‘lgan Germaniya fuqarosi Baxtiyor Duysak o‘z zimmasiga oldi. U Twitter kompaniyasida Pro Unlimited firmasi pudratchisi sifatida ishlayotgandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Duysak Twitter’dagi so‘nggi ish kuni kimdir AQSh prezidenti akkauntidan shikoyat qilganini payqab qoladi. Shundan so‘ng akkauntni blokirovka qilib, noutbukni yopadi va kompaniya binosini tark etadi.

“Akkaunt chindan ham blokirovka bo‘lishiga, to‘g‘risi, ishonmagandim. Hamma adashadi, men ham xato qildim”, — deya izoh berdi Duysak. 

Hozirda u Germaniyaga qaytgani bildirilmoqda. 

Опубликовано: admin (30-11-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют