» » Ukrainada sud zalida ikkita granata portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Ukrainada sud zalida ikkita granata portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi


Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati, Nikopol shahrida o‘tayotgan sud majlisida ikkita granata portlatib yuborildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, sudda 2016-yili sodir etilgan qotillik ishi ko‘rib chiqilayotgan edi. Sud zalida o‘ldirilgan shaxsning otasi ham bor edi. U ikkita granatani portlatib yubordi. Buning oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, o‘nga yaqin odam yaralandi.

Yaralanganlar orasida sudlanuvchilar va konvoirlar bor.

Yaradorlar shifoxonaga yotqizildi. Ulardan ikkitasiga operatsiya talab qilindi.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют