» » Koreyalik mutaxassislar Toshkent aeroporti faoliyatini yaxshilashga yordam beradi

Koreyalik mutaxassislar Toshkent aeroporti faoliyatini yaxshilashga yordam beradi


Janubiy Koreyaning “Inchxon” xalqaro aeroporti vakili bo‘lmish ikki maslahatchi uch oy davomida O‘zbekiston poytaxti aeroportining “Toshkent-2” xalqaro yo‘nalishlar terminali samaradorligini oshirish ustida ishlaydi. Bu haqda, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida “O‘zbekiston havo yo‘llari” delegatsiyasi “Inchxon” aeroporti rahbari Chuang Il-Yong bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida “Toshkent-2” terminali faoliyatining samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar natijasida anglashuv memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, Janubiy Koreya kompaniyasi Toshkent aeroporti ishini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlashga ikki mutaxassisini taqdim etadi.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют