» » OAV: AQSh maxfiy xizmati Tramp prezident bo‘lganidan buyon golf-karlar uchun 145 ming dollar sarfladi

OAV: AQSh maxfiy xizmati Tramp prezident bo‘lganidan buyon golf-karlar uchun 145 ming dollar sarfladi


Mamlakatning birinchi shaxslarini qo‘riqlash bilan shug‘ullanuvchi AQSh maxfiy xizmati Donald Tramp prezident bo‘lganidan buyon golf-karlar ijaraga olish uchun salkam 145 ming dollar sarfladi. Bu haqda, USA Today’ga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Tramp o‘zining Palm-Bichdagi “qishki Oq Uyi” — Mar-a-Lago’ga (Florida shtati) kelganining dastlabki besh kuni ichida maxfiy xizmat golf-karlar ijarasi uchun 7,5 ming dollarga yaqin mablag‘ sarflagan.

Tramp prezident bo‘lgach, 100 kundan ortiqroq vaqtini oilasiga tegishli ko‘chmas mulk hududida o‘tkazgan. Ularning 81 kuni golf-klublar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Oktabr oyining hisob-kitoblari bo‘yicha maxsus xizmat 63 ming dollardan ortiq pulni Mar-a-Lago’ga prezident va uning oilasini himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun to‘lagan.

Sentabr oyida CBS telekanali Trampning to‘ng‘ich farzandlarini Aspenda (Kolorado shtati) hordiq chiqarishi Amerika soliq to‘lovchilariga 330 ming dollarga tushganini ma’lum qilgandi. Gap Ivanka Tramp, Erika Tramp va ularning turmush o‘rtoqlari haqida ketmoqda. Xususan, 26 ming dollar transport vositalarining ijarasiga, 22 ming dollar prezident oilasi a’zolarini kuzatib borishda kerak bo‘ladigan zaruriy qurilmalar uchun ishlatilgan. 195,7 ming dollar shahardagi mehmonxonalardan xonalarni ijaraga olish uchun sarflangan.

Prezidentning qizi va kuyovi Kanadadagi Uistler tog‘ kurortida dam olishi maxsus xizmat uchun 65 dollarga tushgan.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют