» » London meri Trampni qabul qilishni istamasligini aytdi

London meri Trampni qabul qilishni istamasligini aytdi


London meri Sodiq Xon AQSh prezidenti Donald Tramp shaharga kelishini istamasligini, kelgan taqdirda ham uni qabul qilish niyatini yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Bir muddat ilgari Tramp Britaniyaning Britain First millatchi tashkiloti faoli Jeyda Franzen tomonidan e’lon qilingan aksilislomiy videolarni o‘z sahifasida retvit qilgan edi.

AQSh rahbari o‘z sahifasida chop etgan har uch yozuvda musulmonlarga nisbat berilgan roliklar bor. Ularning birida yosh yigit hassa tayangan o‘smirni kaltaklayotgani, yana birida soqolli keksa inson Bibi Maryam haykalini sindirayotgani, uchinchisida esa o‘smirlar guruhi bir erkakka hujum qilgani aks etgan.

AQSh va Britaniyaning ko‘plab nashrlari prezidentning aksilislomiy retvitlariga e’tibor qaratdi. Keyinchalik Britaniya jamoatchiligi va matbuoti AQSh yetakchisini keskin tanqid ostiga oldi. Ular qatoriga London meri Sodiq Xon ham qo‘shildi.

“Prezident Tramp Twitter’dan mamlakatimizda nafrat urug‘ini sochish uchungina mavjud bo‘lgan jirkanch ekstremistlar guruhini reklama qilishda foydalandi. Endi Trampning Buyuk Britaniyaga har qanday rasmiy tashrifi olqishlanmasligi ravshan bo‘ldi”, — deyiladi Sodiq Xonning rasmiy bayonotida.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 63) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют