» » Galina Melnikovaga Rossiya prezidenti nomidan Do‘stlik ordeni topshirildi

Galina Melnikovaga Rossiya prezidenti nomidan Do‘stlik ordeni topshirildi


30-noyabr kuni Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasi maydonchalarida tantanali ravishda “Rossiya va O‘zbekiston: strategik sheriklikka 25 yil” tarixiy-hujjatli ko‘rgazmasi ochildi, deb yozadi “Nuz.uz”.

Ochilish marosimi doirasida Rossiya prezidentining chet ellar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Chernov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti Galina Melnikovaga Do‘stlik ordenini topshirdi.

O‘zbekistonlik suxandon Rossiya prezidentiga samimiy minnatdorlik so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi va shunday dedi: “Bizning mamlakatimizda odamlar ahil va do‘st bo‘lib yashaydi. Xalqimiz birdam, mehnatsevar, mehmondo‘st va samimiy. Bu mukofot butun xalqimizga tegishli, deb bilaman”.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Galina Melnikovani “xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi, xalqlar madaniyatlarini yaqinlashtirish va o‘zaro boyitish bo‘yicha samarali faoliyati uchun” Do‘stlik ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risida farmon imzolagan edi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют