» » Xushnudbek Xudayberdiyev: aslida O‘zbekistonda eng kam oylik ish haqi 172 ming so‘m emas, balki 426 ming so‘m

Xushnudbek Xudayberdiyev: aslida O‘zbekistonda eng kam oylik ish haqi 172 ming so‘m emas, balki 426 ming so‘m


Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudayberdiyev Facebook’dagi sahifasida eng kam oylik ish haqi masalasida ko‘pchilik bilmaydigan faktlarni ma’lum qildi.

“1-dekabrdan boshlab eng kam oylik ish haqi ko‘tarilgandan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik 172 ming so‘mga yashab bo‘lmasligi, bu oylik juda kamligi haqida gapira boshlashdi.

Hattoki ayrim saytlarda ‘172 ming so‘mga nima sotib olish mumkin, bunaqa oylikda odam o‘lib qoladi-ku’ kabi maqolalar ham yozishdi.

Lekin ular amaldagi mehnat qonunchiligini yaxshi bilmasligidan jamoatchilikni chalg‘itmoqda xolos.

Aslida O‘zbekistonda eng kam oylik ish haqi 172 ming so‘m emas, balki 426 ming so‘m.

Prezident qarorida keltiriladigan EKIH summasi bu soliqlar, majburiy to‘lovlar, jarimalar to‘lash uchun asos bo‘ladi.

Ish haqi miqdori esa 2009-yil 21-iyuldagi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi bo‘yicha belgilanadi.

2013-yildan boshlab O‘zbekistonda nulinchi (nulevoy) razryad bo‘yicha ish haqi belgilash yo‘qolgan. Xodimlarga kamida birinchi razryad bo‘yicha ish haqi belgilanishi shart.

Birinchi razryadning tarif koeffitsiyenti 2,476 ga teng. Bu degani EKIHni 2,476 ga ko‘paytirsangiz, belgilanishi lozim bo‘lgan ish haqining eng past miqdori kelib chiqadi.

172 240 * 2,476 = 426 ming 466 so‘m

Demak, O‘zbekistonda to‘liq stavka uchun 426 ming so‘mdan kam oylik ish haqi belgilanishi mumkin emas. Bu qonunga zid.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun 1-razryaddagi tarif koeffitsiyenti undan ham baland — 3,148. Bu tibbiyot xodimlariga 542 ming so‘mdan kam oylik belgilash mumkin emas degani.

Albatta gapiraman degan odam, 426 ming so‘mga nima beradi, yashab bo‘ladimi, deyishi ham mumkin. Lekin har holda 172 ming so‘m qayoqda-yu, 426 ming so‘m qayoqda.

E’tirozingizga qarshi emasman, faqat to‘g‘ri e’tiroz yozsangiz yaxshi bo‘lardi”, — deb yozadi huquqshunos.

“Bu bilan 426 ming so‘mga mazza qilib yashasa bo‘ladi, oyliklar baland, demoqchi emasman, chalg‘imang. Shunchaki bilmaganlarga O‘zbekistonda minimum oylik ish haqini hisoblash tartibi haqida ma’lumot berganman”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют