» » Baxtliroq bo‘lishga yordam beruvchi oddiy maslahat

Baxtliroq bo‘lishga yordam beruvchi oddiy maslahat


Hammamiz ham har bir kunimizni xursandchilik bilan o‘tkazishga intilamiz. Yaxshiyamki olimlar bunga erishish yo‘llarini izlab topdi.

Qanday qilib baxtliroq bo‘lish mumkin?

O‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, odamni ijodkorlik baxtli qilar ekan.

O‘zingizning kayfiyatingizni yaxshilash, g‘ayratingiz, ishtiyoqingiz va yashashga bo‘lgan qiziqishni oshirish uchun har kuni biron bir ijodiy ish bajaring.

Tadqiqot paytida olimlar 13 kun davomida 658 nafar talabadan ularning hayotida yuz bergan voqealarni va o‘zlarining hissiy holatlarini yozib borishni so‘radi. Tajriba qatnashchilarining yozuvlari tahlil qilingandan keyin ular biron bir ijodiy ish qilgan kunlari o‘zlarini baxtliroq his qilgani ma’lum bo‘ldi.

Talabalar orasida eng keng tarqalgan ijodkorlik turlari qo‘shiqlar, she’rlar, kichik hikoyalar yozish, kryuchok va spitsada to‘qish, yangi taomlar tayyorlash, rasm chizish va musiqali chiqishlar ekanligi aniqlandi.

Bu tadqiqot alohida e’tibor qaratishga loyiq bo‘lgan yana bir qiziq natijani ko‘rsatdi.

Qatnashuvchilar o‘zlarini nafaqat ijodiy vazifalarni bajarish chog‘ida, balki undan keyingi kun ham baxtliroq his qilgan.

Bu, ijodkorlik odamning kayfiyatiga va salomatligiga uzoq muddat davomida ijobiy ta’sir ko‘rsatishini bildiradi.

Agar siz o‘zingizni ijodkor deb hisoblamasangiz, unda nima qilish kerak?

Agar siz o‘zingizni ijodkor deb hisoblamasangiz, baxtsiz hayot kechirishga mahkum ekanman degan xulosaga kelishga shoshilmang. Buning oddiy, lekin samarali usuli bor: kattalarga mo‘ljallangan rasmlarni rang-barang qilib bo‘yash.

Oxirgi yillarda bunday bo‘yash ishlari juda ommabop bo‘lib ketdi, chunki ular stressdan xalos bo‘lishga, ijodiy fikrlashga va kayfiyatni yaxshilashga yordam beradi.

Va bu ijodiy ishlarning bir turi xolos. O‘zingizga yoqadiganini izlab toping va ijod qilishni boshlang.

Manba: “Layfxaker”

Опубликовано: admin (1-12-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют