» » Odil Ahmedovni “Shanxay SIPG” klubiga taklif qilgan Villash-Boash Xitoyni tark etdi

Odil Ahmedovni “Shanxay SIPG” klubiga taklif qilgan Villash-Boash Xitoyni tark etdi


Portugaliyalik mutaxassis Andre Villash-Boash “Shanxay SIPG”dagi faoliyatiga yakun yasadi va klubni tark etishga qaror qildi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar berdi.

Villash-Boash buni futboldan dam olmoqchi ekani bilan izohladi. Shanxayliklar unga yana 1 yillik shartnoma taklif qilgan bo‘lsa-da, mutaxassis kelishuvni uzaytirishni istamadi.

Avvalroq Andre Villash-Boash yanvar oyida start oladigan Dakar Rally poygalarida ishtirok etishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Buni mutaxassisning o‘zi ham tasdiqladi. 40-bor tashkil etilayotgan Dakar poygalariga bu safar Peru mezbonlik qiladi va unda Villash-Boash Toyota Hilux jamoasi safida mashina haydaydi.

Poygalarda ishtirok etish Villash-Boashlar oilasi uchun yangilik emas, deb yozdi OFK sayti. Uning amakisi Pedro sportning mazkur turida ancha taniqli inson hisoblanadi.

O‘z vaqtida “Portu”, “Chelsi”, “Tottenhem”, “Zenit” kabi Yevropaning mashhur jamoalariga ustozlik qilgan Andre Xitoy klubi bilan 1 yil avval kelishuvga erishgandi. Uning boshqaruvida “Shanxay SIPG” Osiyo Chempionlar Ligasining yarim finaliga qadar yetib bordi va bo‘lajak chempion — Yaponiyaning “Urava Red” klubidan yengildi. Xitoy Super Ligasida shanxayliklar vitse-chempion bo‘ldi. Bunda Villash-Boash jamoasi Skolari boshchilik qiladigan “Guanjou Evergrand” bilan raqobatda yutib chiqa olmadi. Mamlakat Kubogi finalida ham omad “Shanxay SIPG” klubidan yuz o‘girdi. Shanxay derbisida jamoa “Shanxay Shenxua”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shunga qaramay, Villash-Boashning faoliyati yaxshi kechdi deyish mumkin. Uning boshqaruvida “Shanxay SIPG” o‘zi ishtirok etgan barcha musobaqalarda yetakchilar qatorida turdi va o‘z tarixidagi eng yaxshi natijalardan birini qayd etdi.

Yil avvalida Villash-Boash tarkibni o‘zi shaxsan tanish bo‘lgan bir qator futbolchilar bilan kuchaytirgandi. Jumladan, u Londonda birga ishlagani Oskarni olib keldi, “Zenit”dan esa Xalkni taklif qildi. Shuningdek, osiyolik legioner borasida u Odil Ahmedov variantida to‘xtaldi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardorini Shanxayga taklif qildi. Ahmedovni Villash-Boash Rossiya Premyer-Ligasida ishlagan yillarida tanib olgandi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют