» » Shotlandiyalik o‘zi topib olgan 30 funtni qaytarib berdi va shu kuniyoq boyib ketdi

Shotlandiyalik o‘zi topib olgan 30 funtni qaytarib berdi va shu kuniyoq boyib ketdi


50 yoshli shotlandiyalik Kolin Benks bankomatda topib olgan pulni qaytarib, shu kuniyoq boyib ketdi, deb yozadi Daily Record.

Quruvchi bo‘lib ishlaydigan Benks supermarketda joylashgan bankomatdan kimdir unutib qoldirgan 30 funt sterling (taxminan 40 dollar)ni topib oldi va uni sotuvchiga berib, vaziyatni tushuntirdi.

Yarim soat o‘tar-o‘tmas, Kolin virtual poygalarda 49 077 funt sterling (66,4 ming dollar) yutib olganidan xabar topdi. U bor-yo‘g‘i 1,5 funt (5 dollar) pul tikkan edi, xolos.

“Halollik — eng yaxshi siyosat, deydilar, mening holatimda ham shunday bo‘lib chiqdi. Mening oilam katta, endi biz Yangi yilni ajoyib tarzda o‘tkazishimizga ishonaman”, — deya u o‘z omadini izohladi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют