» » 2017-yil 19 mingdan ortiq qishloq oilasi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ladi

2017-yil 19 mingdan ortiq qishloq oilasi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ladi


2017-yil 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida arxitektura va qurilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari yuzasidan Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi rahbarlarining hisoboti eshitildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yig‘ilishda aholiga arzon va qulay uy-joylar barpo etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Bu borada qishloq massivlarida yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturiga asosan 2017-yil 15 ming shunday uy-joy qurilmoqda. Bu maqsadlar uchun 2 trillion 35 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Davlat rahbarining hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlarga muvofiq, qishloq aholisining talab-istaklari va uy-joyga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda, joriy yilda qo‘shimcha ravishda 4 ming 610 namunaviy uy qurilmoqda. Buning uchun 574 milliard so‘m ajratilgan.

Bugungi kunga qadar 10 ming 431 arzon uy-joy foydalanishga topshirildi. Qolgan 9 ming 179 uy qurilishi dekabr oyida yakunlanadi.

Ushbu uy-joylar bo‘yicha muhtoj oilalarga 1 trillion 620 milliard so‘mdan ortiq ipoteka kreditlari 15 yil muddatga ajratilmoqda.

Dasturni amalga oshirish natijasida 2017-yil 19 mingdan ortiq qishloq oilasi shahardagidan qolishmaydigan shinam va zamonaviy uy-joyga ega bo‘ladi. 2018-yil ham qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida qariyb 20 ming arzon uy barpo etiladi.

O‘z navbatida, joriy yilda shaharlarda namunaviy loyihalar asosida 7 ming 919 xonadonli 191 ko‘p qavatli uy qurilmoqda. Jumladan, Toshkent shahrining Sergeli tumanida 4 ming 88 kvartirali 102 ko‘p qavatli arzon va qulay uy-joy qurilmoqda. Mazkur xonadonlar uchun uy-joyga muhtoj aholi va yosh oilalarga 20 yil muddatga 751 milliard so‘m miqdorida imtiyozli ipoteka kreditlari taqdim etilmoqda.

Bugungi kunda 70 uyning qurilish ishlari yakunlandi va foydalanishga topshirildi. Jumladan, Toshkent viloyatining Angren shahrida 9 qavatli 162 xonadonli 4 ta hamda poytaxtning Sergeli tumanida 2 ming 576 kvartiraga mo‘ljallangan 66 ta ko‘p qavatli uy qurib bitkazildi va xonadon egalariga kalitlar topshirildi. Qolgan ko‘p qavatli uy-joylarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 25 yillik bayrami arafasida hamda dekabr oyi oxiriga qadar foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.

Dasturni amalga oshirish natijasida 2017-yil 8 mingdan ortiq shahar oilalari zamonaviy, shinam va qulay xonadonlarga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi qaroriga muvofiq, 2018-2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturining yangilangan parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, kelgusi yillarda quriladigan uylar soni 1,5-2 barobar ko‘paytirilgan. Xususan, 2018-yil jami 15 ming 172 xonadonga ega bo‘lgan 365 ta ko‘p qavatli uy qurish ko‘zda tutilgan.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют