» » FIDE prezidenti O‘zbekiston ta’lim muassasalarida alohida shaxmat fanini o‘qitish taklifini berdi

FIDE prezidenti O‘zbekiston ta’lim muassasalarida alohida shaxmat fanini o‘qitish taklifini berdi


Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti Kirsan Ilyumjinov Toshkentga tashrif buyurdi va Milliy Olimpiya Qo‘mitasida mehmon bo‘ldi. Uning boshchiligidagi delegatsiyani MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov hamda O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi vitse-prezidenti Xusan Turdialiyev kutib oldi.

28-noyabr kungi rasmiy tashrifining birinchi bosqichida FIDE rahbari o‘zining hamrohi — tashkilot maslahatchisi Irisxon Tsukayev bilan MOQ binosiga keldi va uning muzeyida o‘zbekistonlik sportchilar qo‘lga kiritgan yutuqlar bilan tanishdi. Suhbat davomida Ilyumjinov MOQ binosidagi sharoitlarga yuqori baho berdi. Bungacha u Toshkentda bir necha bor mehmon bo‘lgan ersada, bu yangi binoga uning ilk tashrifi edi, deb yozdi MOQ matbuot xizmati.

Shundan so‘ng MOQ muzokaralar zalida mehmonlar va mezbonlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu paytda Ilyumjinov va delegatsiyasining qarshisidan MOQ prezidenti Alisher Sultonov, Sport Qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov, MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov joy oldi.

Uchrashuv davomida Kirsan Ilyumjinov o‘zbekistonlik sportchilar xalqaro maydonda bejizga yuqori natijalar ko‘rsatmayotgani haqida aytib, buning zamirida katta mehnat va sportchilar uchun yaratilgan sharoit yotganiga urg‘u berdi. Mamlakat shaxmatchilarining xalqaro maydondagi obro‘si esa kun sayin o‘sib borayotgani ta’kidlandi.

Shaxmat rivojlanishi O‘zbekistonda yildan-yilga o‘sib borayotganidan kelib chiqib, endi uni alohida fan sifatida o‘rganish vaqti kelgani borasidagi masalani Kirsan Ilyumjinov ko‘targan. Bunda mamlakatdagi o‘rta va oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga shaxmat fanini ham kiritib, oliy o‘quv yurtlarida shaxmat kafedralarini ochish mumkinligi ta’kidlangan. Bu borada xorijiy tajribadan foydalanish ham mumkin. Masalan, o‘z vaqtida Janubiy Afrika Respublikasida Nelson Mandella, Moldovada mamlakat prezidenti Igor Dadon bilan hamkorlikda katta hajmdagi ish olib borilgan.

Uchrashuv yakunida Alisher Sultanov mehmonlarga esdalik sovg‘alarini topshirdi. O‘z navbatida Kirsan Ilyumjinov samimiy qabul uchun minnatdorchilik izhor etdi. Keyinroq FIDE prezidenti oldindan belgilangan dasturga ko‘ra O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligida uchrashuv o‘tkazdi va poytaxtdagi bolalar shaxmat festivalining ochilishida ishtirok etdi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют