» » Namangan viloyatida avval xususiylashtirilgan va bo‘sh turgan obyektlar faoliyati qayta tiklanmoqda

Namangan viloyatida avval xususiylashtirilgan va bo‘sh turgan obyektlar faoliyati qayta tiklanmoqda


Namangan viloyatida o‘tkazilgan xatlov natijasida 244 ta avval xususiylashtirilgan va bugungi kunda bo‘sh turgan obyektlar aniqlandi, deb xabar beradi Davlat raqobat qo‘mitasi axborot xizmati.

Ular qatorida Namangan shahridagi sobiq Global star tekstil treyd, Uychi tumanidagi “9-XMKK”, Chust tumanidagi “Tekstil fabrikasi” kabi yirik korxonalar mavjud.

Viloyatdagi bo‘sh turgan obyektlarning 203 tasi negizida investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan va ushbu loyihalar bo‘sh turgan korxonalarni faoliyatini qayta tashkil qilishda turtki bo‘lmoqda. Mazkur loyihalarni amalga oshirish doirasida 107,0 milliard so‘mlik va 26,9 million AQSh dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi va 3,700 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zlangan.

Bugungi qadar viloyatdagi 6 ta yirik korxona faoliyati qayta tiklanib, 100 ta qo‘shimcha ishchi o‘rinlari barpo etildi. Mazkur korxonalarni ishga tushirish uchun 20,0 milliard so‘mlik sarmoyalar kiritildi.

Masalan, Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan sobiq tekstil fabrikasining bo‘sh turgan binosi negizida “Salmon treyd” MChJ tomonidan 3,0 milliard so‘m sarmoya evaziga 25 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют