» » Farhod Ibragimov Mirzo Ulugbek Innovation Center’ning yangi direktori etib tayinlandi

Farhod Ibragimov Mirzo Ulugbek Innovation Center’ning yangi direktori etib tayinlandi


Mirzo Ulugbek Innovation Center axborot texnologiyalari ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash va joriy etish innovatsion markazida kadrlar o‘zgarishi ro‘y berdi, deb xabar beradi markazning rasmiy sayti.

Markazga yangi direktor etib bunga qadar Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining “Kompyuterlashtirish va Geoinformatika texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” direktori bo‘lib ishlagan Farhod Ibragimov tayinlandi.

Yangi rahbarni markaz kollektiviga 30-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov tanishtirdi.

Yangi direktorning oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri — Axborot texnologiyalar sohasini ishbilarmonlik muhitini yaxshilash orqali rivojlantirish, shuningdek IT-industriya eksportini oshirishdan iborat.

Innovatsion markazga bunga qadar direktorlik qilgan Xurshid Sultonov Mirzo Ulugbek Innovation Center markazida ishlashni davom etadi. U markazning o‘quv muassasalari bilan hamkorligiga javobgar bo‘ladi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют