» » Abdulla Aripov Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan bilan uchrashdi

Abdulla Aripov Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan bilan uchrashdi


O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan bilan uchrashdi. Uchrashuv ShHT hukumat rahbarlari kengashining 16-majlisi doirasida bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi UzReport.

Abdulla Aripov Xitoy O‘zbekiston uchun muhim hamkor ekanligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston davlatlararo munosabatlarni har tomonlama rag‘batlantirishga ko‘maklashish maqsadida Xitoy bilan birgalikda gidroenergetika va transport obyektlari sohasini rivojlantirishda hamkorlikni kuchaytirishga tayyor.

O‘zbekiston ShHTni rivojlantirishda Xitoyning faol rolini yuqori baholaydi va tashkilot doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashni istaydi.

Li Ketsyan esa o‘z navbatida Xitoy va O‘zbekiston o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligini nishonlayotgan do‘stona davlatlar ekanligini ma’lum qildi. U joriy yilning may oyida Xitoy raisi Si Szinpin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini eslatib o‘tdi. Mamlakatlar rahbarlari keng ko‘lamli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishga kelishib olgan edi.

Shu bilan birga, Li Ketsyan Xitoy kelajakda ShHT doirasida O‘zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlashni xohlashini qo‘shimcha qildi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют