» » Anorni tez va sachratmasdan tozalashning 3 usuli

Anorni tez va sachratmasdan tozalashning 3 usuli


Anor yegingiz kelsa-yu, lekin oshxonani uning qip-qizil yoqutdek tomchilaridan tozalash sizga yoqmayotgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

Anorning tepasidagi po‘stini donalarini shikastlamasdan ehtiyotlik bilan kesing. Aylanasiga kesik qilib “tojini” olish, keyin esa ortiqcha qoplamalarini qo‘l bilan olib tashlash mumkin.

Po‘chog‘ini oq to‘siqchalari bo‘ylab yuqoridan pastga tomon kesing.

Shoshilmasdan anorni oching.

Keyin anor donalarini barmoqlaringiz bilan olishingiz mumkin. Agar siz mevalarni bayram dasturxoniga chiroyli qilib tortishni xohlasangiz, oq qobiqchalarni butunlay olib tashlang va “yaproqlar”ni oxirigacha bir tekis qilib oching.

Anorni ikki bo‘lak qilib kesing.

Bir bo‘lagini po‘stini yuqoriga qilib, idish ustida ushlang va hamma donalari idish ichiga to‘kilmaguncha ustiga qoshiq bilan o‘ring. Anorni ushlab turgan qo‘lingiz qancha pastroq bo‘lsa, anor sharbatining stol ustiga tushish ehtimoli shuncha kamroq bo‘ladi.

Bu usul anor donalarini butun olishga va oshxonani iflos qilmaslikka imkon beradi, lekin oldingi ikki usulga qaraganda biroz ko‘proq vaqt oladi.

Birinchi usuldagi kabi anorning “tojini” olib tashlang. Chuqur idishga suv quying. Uning ichiga mevani soling va uni bir necha qismlarga bo‘ling. Keyin suvning ichida anorning donalarini ajratib oling.

Bu jarayonni ikki usul bilan tamomlash mumkin. Suvning ichidagi po‘choqlarni olib tashlaysiz va keyin suyuqlikdan anor donalarini suzib olasiz. Yoki idishning ichidagilarni durshlag orqali o‘tkazasiz, keyin esa chiqindilardan tozalaysiz.

Manba: “Xitrosti jizni”

Опубликовано: admin (1-12-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют