» » Pokistonda “Tolibon” jangarilarining universitetga uyushtirgan hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Pokistonda “Tolibon” jangarilarining universitetga uyushtirgan hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi


Pokistonning Peshavor shahrida joylashgan qishloq xo‘jaligi universitetining kampusiga to‘rt nafar terrorchi tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi va kamida 13 kishi jarohat oldi. Bu haqda Dawn nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Niqob taqib olgan to‘rt nafar jangari kampus hududiga kirgan va o‘quvchilarga qarata o‘q uza boshlagan. Ko‘chaga otishma va portlash ovozlari eshitilgan.

Noxush hodisadan so‘ng, voqea joyiga politsiya va armiya otryadlari yetib kelgan. Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, hujum uyushtirganlarning to‘rttalasi ham yo‘q qilingan.

Kampusda 3 kishi halok bo‘lgan, yana 13 kishi jarohat olgan: ular orasida yetti nafar o‘quvchi, bir nafar harbiy, bir nafar politsiyachi, qo‘riqchi va jurnalist bor.

Hujum uchun mas’uliyatni “Tolibon”ning Pokistondagi qanoti “Texrik-i-tolibon” terrorchilik tashkiloti o‘z bo‘yniga oldi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют