» » Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi: KXDR tomonidan uchirilgan raketa 13 ming kilometrdan ortiq masofaga parvoz qila oladi

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi: KXDR tomonidan uchirilgan raketa 13 ming kilometrdan ortiq masofaga parvoz qila oladi


KXDR tomonidan uchirilgan “Xvanson-15” raketasi 13 ming kilometrdan ortiq masofaga parvoz qila oladigan yangi turdagi qit’alararo ballistik raketadir. Bu haqda 1-dekabr, juma kuni Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga tayanib, Yonhap agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.

“Bizning baho berishimizcha, sinov muvaffaqiyatli o‘tgan, — ta’kidlaydi boshqarma. — Agar parvoz normal burchakdan amalga oshirilsa, 13 ming kilometrdan ortiq masofaga parvoz qilish imkoniyati yuzaga kelar edi. Bu raketa Vashingtongacha yetishi mumkinligini anglatadi”, — deya ma’lum qildi Janubiy koreyalik harbiylar va qo‘shimcha tekshirishlar hamon zarur ekanligini qo‘shimcha qildi.

KXDR 29-noyabr tongida 15-sentabrdan buyon birinchi marta raketa uchirdi. Koreya markaziy telegraf agentligining ma’lum qilishicha, “Xvason-15” yangi turdagi raketa 53 daqiqa davom etgan parvozda 4 475 kilometr balandlikka ko‘tarildi va 950 kilometr masofani bosib o‘tdi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют