» » O‘zbekistonning AQShga tayinlangan yangi elchisi Donald Trampga ishonch yorlig‘ini topshirdi

O‘zbekistonning AQShga tayinlangan yangi elchisi Donald Trampga ishonch yorlig‘ini topshirdi


O‘zbekistonning AQShga tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Javlon Vahobov AQSh prezidenti Donald Trampga ishonch yorlig‘ini topshirdi. Marosim Amerika rahbarining rasmiy qarorgohi — Oq uyda bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Jahon”.

Tadbirdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Donald Tramp so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, “respublikaning real islohotlarni o‘z oldiga maqsad qilganini tasdiqlashini” ma’lum qildi. O‘zbekiston tomonidan tashlangan qadamlar, jumladan, milliy valyutaning konvertatsiyasini ta’minlash xalqaro investorlarni o‘ziga jalb qila boshladi.

Amerika ma’muriyati rahbari bolalar mehnatining yo‘q qilinishi va davlat boshqaruvi tizimining oshkoraligini ta’minlashda erishilgan natijalarni alohida qayd etdi.

AQSh prezidenti O‘zbekiston — Amerika munosabatlarini yanada mustahkamlashga tayyor ekanligini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakatning o‘zaro ko‘plab manfaatlari mavjud. “Vashington kuchli va mustaqil O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlamoqda, bu mintaqaviy hamkorlik va Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish yo‘llarini ochib beradi”.

AQSh mintaqadagi mamlakatlarning munosabatlarini yaxshilashga hissa qo‘shgan O‘zbekistonning “yaxshi qo‘shnichilik siyosati”ni mamnuniyat bilan qabul qilgani ta’kidlandi. Rasmiy Toshkent tomonidan Qirg‘iziston bilan chegaraning katta qismini delimitatsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют