» » BMT: Rossiya OIV infeksiyasi yuqtirishning yangi holatlari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turibdi

BMT: Rossiya OIV infeksiyasi yuqtirishning yangi holatlari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turibdi


Rossiya OIV infeksiyasi yuqtirishning yangi holatlari bo‘yicha JAR va Nigeriyadan so‘ng dunyoda uchinchi o‘rinda turibdi. BMTning OIV/OITS bo‘yicha dasturi (UNAIDS) ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Rossiyani Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘z hududida epidemiyani to‘xtatish, shuningdek, mintaqaning boshqa davlatlariga yordam berishga qodir yagona mamlakat deb hisoblayman. Buning uchun Rossiyada barchasi — ilmiy yutuqlar, resurslar, epidemiya holatini aniq tushunish bor. Biroq epidemiyaning to‘xtatish uchun siyosiy iroda va OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi tezkor kurashish bo‘yicha yangi strategiya zarur”, — dedi BMT bosh kotibi o‘rinbosari, UNAIDS ijrochi direktori Mishel Sidibe.

BMT bosh kotibi o‘rinbosari OIV infeksiyasini yuqtirganlarni Rossiya hududiga kirishini cheklovchi chorani bekor qilish va buni 2018-yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga qadar amalga oshirishga chaqirdi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют