» » Shimoliy Koreyadan qaytgan rossiyalik deputatlar KXDR muzokaralarga tayyorligini bildirdi

Shimoliy Koreyadan qaytgan rossiyalik deputatlar KXDR muzokaralarga tayyorligini bildirdi


Shimoliy Koreya keskinlikni bartaraf etish bo‘yicha muzokaralarga tayyor, yadroviy davlat sifatida tan olinishini buning sharti sifatida qo‘ymagan. Bu haqda KXDRda bo‘lib qaytgan rossiyalik deputatlar ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Shu yil oktabrida Shimoliy Koreyaning markaziy “Nodon sinmun” gazetasida sharh e’lon qilingan, unda KXDR AQShga o‘zining yadroviy maqomini tan olish va tinch-totuv yashashni taklif etgandi.

“Ular o‘zlarini yadroviy davlat sifatida tan olishlarini istamoqda. Ammo bu Pxenyan faqat shu shart bilan muzokaralarga kirishadi degani emas. Ular muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyor, uni qay maqomda o‘tkazilishi esa ko‘rib chiqilishi mumkin”, — dedi Rossiya Davlat dumasi deputati Vitaliy Pashin.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют