» » OAV: Tramp Quddusni Isroilning poytaxti deb tan olishi mumkin

OAV: Tramp Quddusni Isroilning poytaxti deb tan olishi mumkin


AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin vaqt ichida Quddusni Isroilning poytaxti deb rasman tan olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, The Wall Street Journal gazetasiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Reuters agentligiga ko‘ra, Oq Uy rahbari bunday imkoniyatni rostanam ko‘rib chiqmoqda, lekin hali bir qarorga kelgani yo‘q. Kelasi hafta Tramp bu borada rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, The Wall Street Journal axborotiga ko‘ra, AQSh elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirishi hali rejalashtirilmayapti.

Ma’lumot uchun, Isroil rasman Quddusni o‘z poytaxti deb e’lon qilgan bo‘lsa ham, amalda bu vazifani Tel-Aviv shahri bajaradi. Jahon hamjamiyati Quddusni Isroil tomonidan okkupatsiya qilingan Falastinning yeri deb tan oladi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют