» » AQSh jurnalistlariga Rossiya Davlat dumasiga kirish man etiladi

AQSh jurnalistlariga Rossiya Davlat dumasiga kirish man etiladi


Rossiya Davlat dumasi AQSh OAV vakillarini parlament quyi palatasiga kirishini taqiqlovchi qarorni qabul qiladi. Bu haqda nazorat va reglament qo‘mitasi rahbari Olga Sevastyanova ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Qo‘mitamiz 4-dekabr, dushanba kuni navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazadi va qaror loyihasini ko‘rib chiqadi. Ertasiga Duma kengashida, chorshanba kuni esa quyi palata plenar yig‘ilishida muhokama qilinadi. Qaror AQSh jurnalistlariga Davlat dumasiga kirish man etilishini ko‘zda tutati”, — dedi u.

Taqiq kelgusi haftadan amalda bo‘ladi. Shuningdek, Davlat dumasi mintaqalardagi qonunchilik organlari vakillariga ham shunday yo‘l tutish bo‘yicha murojaat etadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh Kongressi Russia Today telekanalini akkreditatsiyadan mahrum qilgandi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют