» » Toshkent tumanida “7000 so‘mlik” qonunbuzar ijarachilar fosh etildi

Toshkent tumanida “7000 so‘mlik” qonunbuzar ijarachilar fosh etildi


Toshkent viloyatining Toshkent tumanida o‘tkazilgan tadbirlar davomida ayrim fuqarolar tomonidan o‘z uylarida vaqtincha ro‘yxatga qo‘ymasdan, propiskasiz shaxslarni moddiy manfaatdorlik evaziga yashab turishiga yo‘l qo‘yganligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu turar-joylarda umuman shart-sharoitlar yaratilmagan. Bino holati sanitariya-gigiyena qoidalariga javob bermaydi. Bu esa shu yerda vaqtincha yashab kelayotgan fuqarolarning sog‘ligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yong‘in xavfsizligi qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan. Bu yerda o‘rnatilgan isitish moslamalari elektr va gaz tizimlariga belgilangan talab darajasida ulanmagan.

Jumladan, Toshkent tumani, Keles shahri, Tinchlik MFYda 1954-yilda tug‘ilgan nafaqaxo‘r A.I. xonadonini “mehmonxona”ga aylantirib, bir necha yildan beri turli viloyatdan kelgan shaxslarni ro‘yxatsiz ijaraga qo‘ygan. U har bir “mijoz”dan kuniga 5000 so‘mdan 7000 so‘mgacha ijara haqi olgan.

Shuningdek, ushbu Tinchlik MFYda yashovchi yana bir fuqaro — 1976-yilda tug‘ilgan T.I. ham xonadonini “mehmonxona”ga aylantirib, kuniga har bir kishidan 7000 so‘mdan ijara haqi olgan.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida Tinchlik mahalla fuqarolar yig‘inining o‘zida bu kabi qonunbuzarliklarning bir nechtasi aniqlandi

Shu bilan birga ushbu manzilda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz bir nechta erkak va ayollar vaqtinchalik istiqomat qilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Tadbir davomida Toshkent viloyati IIB sohaviy xizmatlari xodimlarining hamkorligida Toshkent tuman IIBga jami 52 ta shaxs olib kelindi. Ulardan 15 nafar ayollar va 37 nafar erkaklarni tashkil etadi. Ushbu shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi, qonuniy tartibda faoliyat yuritishning asoslari tushuntirib o‘tildi.

Опубликовано: admin (2-12-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют