» » O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirilmagan shahar yo‘lovchi transporti vositalarini sotib olish taqiqlanadi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirilmagan shahar yo‘lovchi transporti vositalarini sotib olish taqiqlanadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur hujjat bilan “nogiron” tushunchasi muomaladan chiqarilmoqda va umume’tirof etilgan “nogironligi bo‘lgan shaxs” atamasi kiritilmoqda. BMT Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilishga tayyorgarlik bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘riladi va “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

2018-yil 1-martdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirilmagan shahar yo‘lovchi transporti vositalarini sotib olish taqiqlanmoqda. Kelgusida ishlab chiqariladigan milliy yengil avtomobillar nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanishi uchun moslashtirilgan holda maxsus uskunalar bilan qayta jihozlanadi. Transport vositalari haydovchilari — nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun tayyorlash va qayta tayyorlash ishlari tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, 3-dekabr BMT tomonidan Xalqaro nogironlar kuni deb e’lon qilingan.

Опубликовано: admin (2-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют