» » Sem Ellardays endi Ueyn Runi va “Everton”ga ustozlik qiladi. Liverpulliklar uni rasman tanishtirdi

Sem Ellardays endi Ueyn Runi va “Everton”ga ustozlik qiladi. Liverpulliklar uni rasman tanishtirdi


Angliyaning “Everton” klubi Ronald Kumandan keyin bo‘shab qolgan o‘rinni Sem Ellardaysga topshirdi. 1-dekabr kuni Sem Liverpul klubi tomonidan rasman tanishtirildi.

Shartnomaga ko‘ra, Ellardays “Everton”ni mavsum yakuniga qadar maydonga boshlab tushadi. Bu vaqt ichida u jamoani oyoqqa turg‘azib, iloji boricha yevrokuboklarga yo‘llanma beradigan pog‘onaga ko‘tarishga harakat qiladi.

Ayni paytda “Everton” 15 ochko bilan APL turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi. Ellardaysning ko‘z o‘ngida kechgan so‘nggi bellashuvda “Everton” o‘z uyida “Vest Hem”ni qabul qilib, 4:0 hisobida zafar quchgan, Ueyn Runi shu kuni jamoasi safida ilk bor xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘lgandi. Bunda livepulliklarni maydonga Devid Ansuort boshlab tushgandi.

63 yoshli Ellardays murabbiylik karyerasini 1991-yilda boshlagan bo‘lib, keyingi vaqt davomida u Angliyaning 9 ta klubida ishlashga ulgurdi. Bunda u asosan o‘rtamiyonalar jamoalar bilan kelishuvga erishdi. Ellardays 2016-yil Angliya milliy terma jamoasini qabul qilib olgan bo‘lsa-da, keyinroq kelishilgan o‘yinlarda gumon qilinib, o‘z lavozimidan ketishga majbur bo‘lgandi. O‘tgan yil esa Londonning “Kristal Pelas” klubini xavfli zonadan qabul qilib olib, jamoani APLda saqlab qola oldi.

Опубликовано: admin (2-12-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют