» » O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga qabulda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kvotalar kiritiladi

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga qabulda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kvotalar kiritiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy hayotida ishtirokining muhim omillaridan biri ularning umumiy savodxonligi hisoblanadi. Biroq, qator sabablarga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun kompleks imkoniyatga ega bo‘lmagan.

Shu maqsadda 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlar qabulining umumiy sonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda ikki foizli kvotalar kiritilmoqda.

Mazkur kvotalar bo‘yicha faqatgina nogironligi bo‘lgan shaxslar ta’lim oladi. Bu ularning oliy ma’lumotga ega bo‘lishini ta’minlab, jamiyatga moslashish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Опубликовано: admin (2-12-2017, 11:59)
+3 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют