» » Boku va Ashxoboddagi sport festivallaridan keyin MOQ Jakarta-Palembang—2017 uchun tayyorgarlik boshladi

Boku va Ashxoboddagi sport festivallaridan keyin MOQ Jakarta-Palembang—2017 uchun tayyorgarlik boshladi


Kelasi yilning 18-avgust sanasida Osiyo Olimpiadasi start oladi. 18-bor o‘tkaziladigan va rasman Osiyo O‘yinlari deb yuritiladigan festivalning 2018-yildagisiga Indoneziyaning biryo‘la ikki shahri — Jakarta hamda Palembang mezbonlik qiladi.

40 ta sport turi bo‘yicha o‘tadigan Osiyo O‘yinlari—2018 2-sentabrga qadar davom etadi. Unda Osiyo mamlakatlari umumjamoa hisobida yetakchi bo‘lish yo‘lida kurash olib boradi. Jumladan, O‘zbekiston delegatsiyasi ham Osiyo O‘yinlariga favorit termalar qatorida yetib keladi.

Osiy O‘yinlari—2018 Tokio mezbonlik qiladigan 2020-yilgi Olimpiada bellashuvlari oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi bilan ahamiyatlidir. O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi Rio—2016 Olimpiadasidagi muvaffaqiyatli ishtirokdan keyinoq Tokio—2020 uchun harakatni boshlab yuborgan bo‘lib, o‘tgan vaqt ichida ikki yirik kompleks musobaqada ishtirok etdi va yetakchilar qatoridan joy oldi.

Shu yilning 12—22-may kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Boku mezbonligida o‘tgan Islom Birdamligi O‘yinlarida o‘z tarixida ilk bor ishtirok etdi. Bungacha mazkur festival 2005-yil Saudiya Arabistonida, 2010-yil Eronda va 2013-yil Indoneziyada bo‘lib o‘tgandi.

2017-yilning MOQ o‘z sporchilari bilan ikkinchi yirik musobaqaga — Turkmaniston poytaxti Ashxobod mezbonlik qilgan usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlariga tashrif buyurdi. Qit’a mamlakatlari o‘rtasidagi mazkur musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi terma jamoaga nomzod sportchilarni sinovdan o‘tkazib oldi. Asosiy maqsad Tokio—2020 Olimpiadasida munosib ishtirok etish bo‘lgani uchun ham, ungacha bo‘lgan kompleks musobaqalar nomzod sportchilarga imkoniyat berishda as qotadi.

Jakarta va Palembangda o‘tadigan bu musobaqa nufuzi jihatdan ancha obro‘li sanaladi. Bunda Osiyo qit’asi mamlakatlari o‘ziga xos Olimpiadada kuch sinashib ko‘radi. Endilikda Tokio—2020 uchun tayyorgarlik asosiy bosqichga chiqadi.

26—29-noyabr kunlari Indoneziya mazkur festivalning ishtirokchi mamlakat jurnalistlari o‘rtasida katta Media Forum tashkil qildi. Unda Milliy Olimpiya Qo‘mitalari matbuot kotiblari hamda har bir mamlakatning yetakchi nashrlari o‘z jurnalisti bilan ishtirok etdi. Ya’ni, Osiyo O‘yinlariga kirish qismini jurnalistlar boshlab berdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi matbuot kotibi Zafar Imomxo‘jayev hamda “Daryo” internet nashri sport bo‘limi vakili Media Forumda ishtirok etdi. Unda Osiyo O‘yinlariga tayyorgarlik, sport komplekslaridagi ahvol, tashkilotchilik, sportchilar istiqomat qiladigan olimpiya shaharchalari va boshqa mavzular asosiy planga olib chiqildi. Bungacha Indoneziyaning Osiyo O‘yinlariga tayyor emasligi aytilgani, keyinroq turkmanistonliklar vaziyat taqazo etsa, uni qabul qilishga tayyorliklari haqida gap-so‘zlar chiqqanidan keyin, Indoneziya jurnalistlar oldida hisobot berishga qaror qildi.

150 ga yaqin sport jurnalistlari ishtirok etgan Media Forumda bir qator masalalarga oydinlik kiritildi. Ulardagi mavzular “Daryo”ning Tokio—2020 uchun ochilgan alohida sahifasida yoritib boriladi.

Ayni vaqtda MOQ Tokio—2020 da ham eng kamida shu natijani takrorlash yo‘lida ish olib bormoqda. Yangi yildan boshlab mamlakat sportchilari Osiyo O‘yinlari—2018 uchun tayyorgarlik boshlaydi. Oldinda delegatsiyani yana bir jiddiy sinov kutib turibdi.

Опубликовано: admin (2-12-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют