» » Gavayi orolida yadroviy hujumdan ogohlantiruvchi tizim sinovdan o‘tkazildi

Gavayi orolida yadroviy hujumdan ogohlantiruvchi tizim sinovdan o‘tkazildi


Tinch okeanida joylashgan Amerikaning Gavayi shtatida sovuq urush davridan buyon birinchi marotaba yadroviy hujumdan ogohlantirish tizimi sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda ABC telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Yig‘layotgan sirena” shaklidagi ogohlantirish signali ushbu joylarda sunami xavfidan ogohlantiruvchi an’anaviy signaldan so‘ng yangradi. Mahalliy hukumatning hisob-kitoblariga ko‘ra, KXDR tomonidan raketa uchirilgudek bo‘lsa, Gavayi orolining aholisida boshpanaga berkinish uchun 20 daqiqa vaqt bo‘ladi.

Gavayi AQSh shtatlari orasida so‘nggi chorak asrdan buyon yadro hujumidan ogohlantiruvchi tizimni ishlatgan birinchi shtat hisoblanadi. Orolda shtat aholisidan tashqari AQShning boshqa ko‘plab harbiy obyektlari ham mavjud.

Sinov bir oy oldinroq rejalashtirilganiga qaramay, KXDR tomonidan navbatdagi raketa uchirilishi amalga oshirilganidan uch kun o‘tgach sinab ko‘rildi.

Shimoliy Koreya 29-noyabr, chorshanba kuni kechasi “Xvason-15” qit’alararo ballistik raketasini uchirdi. Parvoz nuqtasining maksimal balandligi 4475 kilometrni, uzoqligi esa 950 kilometrni tashkil etdi.

Parvoz 53 daqiqa davom etgan va Yaponiyaning Aomori prefekturasidan 250 kilometr naridagi iqtisodiy zonaga borib tushgan. U dengiz va havo kemalariga hech qanday zarar yetkazmagan.

Опубликовано: admin (2-12-2017, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют