» » O‘zbekistonda ishbilarmonlik aviatsiyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda ishbilarmonlik aviatsiyasi tashkil etiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda xalqaro talablar asosida barpo etiladigan yangi aeroport loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekistonda ishbilarmonlik aviatsiyasi tashkil etiladi. “Bu Markaziy Osiyo mintaqasida yangi tizim bo‘lib, yakka tartibdagi va korporativ parvozlar, shuningdek, ular bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashadi. Xalqaro tilda ushbu atama ‘biznes aviatsiya’ yoki ‘tijorat aviatsiyasi’ deb ataladi”, — deb yozadi O‘zA.

Shavkat Mirziyoyev loyiha bilan tanishish chog‘ida har bir mamlakat iqtisodiyoti rivojida transport-kommunikatsiya tizimi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

“Ishbilarmonlik aviatsiyasi bu borada yangi imkoniyatlar, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratadi. Loyiha o‘zbekistonlik va xorijlik ishbilarmon doiralar vakillariga mahsulotlarini tashqi bozorga yetkazib berish, biznes-sheriklar topishda katta o‘rin tutadi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Prezident yangi aeroportda xorijlik delegatsiyalarga yuksak darajada xizmat ko‘rsatish, bu yerda ko‘plab infratuzilma obyektlari, mehmonxona, biznes markazlari tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.

Опубликовано: admin (2-12-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют