» » Toshkentda Innovatsiyalarni tatbiq etish ilmiy-amaliy markazi quriladi

Toshkentda Innovatsiyalarni tatbiq etish ilmiy-amaliy markazi quriladi


Toshkentning Talabalar shaharchasida Innovatsiyalarni tatbiq etish ilmiy-amaliy markazi barpo etiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda yetakchi soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentning 2017-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli yutuqlarini targ‘ib qilish, bu borada samarali mexanizmlarni ishlab chiqish, ilmiy-eksperimental ixtisoslashgan laboratoriyalar, yuqori texnologik markazlar, texnoparklar va boshqa innovatsion tuzilmalarni mustahkamlash yangi vazirlikning faoliyat yo‘nalishlaridandir.

Innovatsiyalarni tatbiq etish ilmiy-amaliy markazida buning uchun barcha sharoit yaratiladi. Vazirlik ham shu markazda joylashadi.

Ushbu muassasada ilmiy-konsultativ, iqtisodiyot tarmoqlari innovatsion ehtiyojlarini o‘rganish, yoshlar innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash xizmatlari, masofaviy ta’lim kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Iqtidorli yoshlar bu yerda yangi ishlanma va texnologiyalar bilan tanishish barobarida start-ap loyihalarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Prezident bu markazni yoshlar va butun ziyolilar qatlami uchun yanada qulay qilib loyihalashtirish, hududda innovatsion yutuqlardan foydalangan holda sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi.

Опубликовано: admin (2-12-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют