» » Xonqada Captiva haydovchisi orqaga harakatlanayotgan vaqtida hamqishlog‘ini bosib ketdi

Xonqada Captiva haydovchisi orqaga harakatlanayotgan vaqtida hamqishlog‘ini bosib ketdi


Xavfsizlik choralari ko‘rilmagani oqibatida Xorazm viloyati Xonqa tumanida inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xonqa tumanining Sarapayon qishlog‘ida 27-noyabr kuni tungi paytda 1956-yilda tug‘ilgan I.O‘. o‘ziga tegishli Captiva’ni orqaga harakatlantirayotib, xavfsizlik choralarini ko‘rmagani oqibatida mashinaning orqasida turgan hamqishlog‘i — 1989-yilda tug‘ilgan B.Bekzodni urib yuborgan.

Xabar berishlaricha, Bekzod olgan tan jarohatidan shifoxonada vafot etgan.

Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (2-12-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют