» » AQSh Senati soliq islohoti haqidagi qonun loyihasini qabul qildi

AQSh Senati soliq islohoti haqidagi qonun loyihasini qabul qildi


AQSh Senati respublikachilar partiyasi tomonidan taklif etilgan soliq islohoti haqidagi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Hujjatni 51 senator yoqladi, 49 kishi, jumladan, bir respublikachi unga qarshi chiqdi.

Qonun loyihasi AQShda o‘tgan asrning 80-yillaridan beri birinchi marta soliqlarning bu qadar yirik miqdorda kamaytirilishini ko‘zda tutadi.

Jumladan, korxonalardan olinadigan daromad solig‘ini 35 foizdan 20 foizga kamaytirish, individual soliq to‘lovchilarga 2025-yilgacha soliq imtiyozlarini taqdim etish rejalashtirilmoqda.

Soliq islohoti tanqidchilari mazkur yangilik birinchi galda yirik biznes va badavlat shaxslar uchun foydali ekanligi, oddiy odamlar uchun naf bermasligini da’vo qilmoqda.

Shuningdek, qonun loyihasi budjet tanqisligini umumiy hisobda trillion dollarga ko‘payishiga olib kelishi mumkinligi bildirilmoqda.

Опубликовано: admin (2-12-2017, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют