» » Foto: Xitoyda haydovchisiz harakatlanadigan avtobuslar sinovi boshlandi

Foto: Xitoyda haydovchisiz harakatlanadigan avtobuslar sinovi boshlandi


Xitoyning Guandun provinsiyasi Shenchjen shahrida haydovchisiz harakatlanadigan to‘rtta avtobus sinov tariqasida yo‘nalishga chiqarildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Avtobuslar davomiyligi 1,2 kilometr, uch bekatdan iborat bo‘lgan yo‘nalish bo‘ylab harakatlana boshladi. Avtobuslar soatiga 10—30 kilometr tezlikda harakatlanmoqda. Avtobus ichida haydovchi bor va favqulodda vaziyat yuz bergan taqdirda u tormozni bosishi yoki boshqaruvni o‘z qo‘liga olishi mumkin.

Xabar berishlaricha, bu avtobuslar Milliy Intellektual transport tizimlari muhandislik-texnologik markazi tomonidan Shenchjen jamoat avtobus transporti kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Опубликовано: admin (2-12-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют