» » La Liga. “Barselona” o‘z uyida, “Real” esa safarda 2 ochko yo‘qotdi. “Atletiko”da irodali g‘alaba

La Liga. “Barselona” o‘z uyida, “Real” esa safarda 2 ochko yo‘qotdi. “Atletiko”da irodali g‘alaba


Ispaniya La Ligasining 14-turidan joy olgan 5 ta uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.

Mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazib, ta’qibchilaridan o‘zib ketgan “Barselona” mazkur turda ochko yo‘qotdi. “Kamp Nou” arenasida “Selta”ni qabul qilgan kataloniyaliklar, 2:2 hisobiga imzo chekdi.

“Barselona” shu vaqtga qadar kuchli beshlikda eng kam gol o‘tkazgan jamoa bo‘lib turgandi. 13 ta uchrashuvda 5 tagina to‘p olib chiqqan klub, vigoliklarga qarshi o‘yinda biryo‘lga 2 ta gol o‘tkazib yubordi va 2 ochko boy berdi.

Peshqadamning bu ochko yo‘qotishidan “Real” foydalanib, farqni 6 taga qadar qisqartirib olishi mumkin edi. Biroq madridliklar ham mazkur turda durang natijaga rozi bo‘ldi. Bilbaoda mehmon bo‘lgan “Real” golsiz durangga imzo chekdi. Endi mazkur klubning ochkolari “Sevilya”niki bilan bir xil. Navbatdagi turda aynan mazkur ikki klub o‘zaro maydonga chiqadi.

“Sevilya” mazkur turda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgandi. Andalusiyaliklarga qarshi kelasi turda “Real”ning ikki asosiy futbolchisi — Serxio Ramos va Daniel Karvaxal o‘ynay olmaydi. Ulardan birinchisi “Atletik”ga qarshi o‘yinda maydondan chetlatildi. Ikkinchisida esa sariq kartochkalar ko‘payib ketdi.

Mazkur turda “Real” uddalay olmagan ishni, Madridning boshqa bir klubi “Atletiko” amalga oshirdi va iroda ko‘rsatdi. “Real Sosyedad” ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba Simeone jamoasini 3-o‘ringa olib chiqdi.

“Atletiko”, shuningdek, klub rekordini yangiladi va La Liganing ketma-ket 18 ta o‘yinida mag‘lab bo‘lmadi. O‘tgan mavsumdagi so‘nggi 4 bellashuv ham bunga qo‘shib hisoblangan. Jamoa so‘nggi bor bunday natijaga ikki marta ega chiqqan: 1941 va 1991-yillarda.

Ispaniya La Ligasi

14-tur o‘yinlari

2-dekabr, shanba

Gollar: Yago Aspas, 20 (0:1). Lionel Messi, 22 (1:1). Luis Suares, 62 (2:1). Serxi Gomes, 70 (2:2).

Gollar: Villian, 29-pen (0:1). Felipe Luis, 63 (1:1). Antuan Grizmann, 88 (2:1).

Gollar: Vissam Ben-Yedder, 46+ (1:0). Mikael Kron-Deli, 79 (2:0).

Chetlatish: Serxio Ramos, 87 (R).

3-dekabr, yakshanba

“Leganes” — “Vilyarreal” 16:00

“Xetafe” — “Valensiya” 20:15

Опубликовано: admin (3-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют