» » O‘zbekistonda 2018-yilda Markaziy Osiyodagi eng yirik qandolat fabrikasi ochiladi

O‘zbekistonda 2018-yilda Markaziy Osiyodagi eng yirik qandolat fabrikasi ochiladi


2018-yilda Toshkentda Markaziy Osiyo hududidagi eng yirik qandolat fabrikasi ochilishi rejalashtirilgan, deb yozadi “Belmy.by”.

Korxona mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda Rossiya, Belarus va ukrainalik eksportchilar mahsulotlarini siqib chiqarishga tayyor. O‘zbekistonning xususiy AKFA kompaniyasi loyihaga 70 million dollar sarmoya kiritadi.

150 dan ortiq turdagi qandolat mahsulotlarini chiqarish ko‘zda tutilgan. Fabrikaning quvvati — yiliga 76 ming tonna. Ayni paytda ishlab chiqarish binolari qurilishi yakunlanmoqda, texnologik uskunalar yetkazib berilishi boshlandi.

Loyihaning bosh texnologik loyihalashtiruvchisi Sankt-Peterburgning Mossa Engineering kompaniyasi bo‘ldi. Avtomatlashtirilgan liniyalar Yevropada ishlab chiqarilgan uskunalar bilan jihozlangan. Hozirda Mossa Engineering jamoasi laboratoriya sinovlariga rahbarlik qilmoqda, yetkazib berishdan oldin ishlab chiqarish liniyalarini tekshirish bilan shug‘ullanmoqda.

Опубликовано: admin (3-12-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют