» » Hindistonda o‘lik deb hisoblangan chaqaloqqa kuydirish marosimi oldidan jon kirdi

Hindistonda o‘lik deb hisoblangan chaqaloqqa kuydirish marosimi oldidan jon kirdi


Hindistonning Dehli shahrida o‘z chaqalog‘ini o‘lik deb hisoblagan ota-ona kuydirish marosimidan oldin uning tirik ekanligini payqab qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Max Hospital tibbiy markazi xodimlari yangi tug‘ilgan egizaklarning qarindoshlariga ulardan biri o‘lik tug‘ilganini, ikkinchisini esa sun’iy nafas oldirish apparatiga ulash kerakligini aytgan. Shifokorlar oiladan klinikadagi birinchi uch kunlik davolash uchun 1,5 ming dollar talab qilgan. Keyingi har bir kun esa 775 dollarga tushishi mumkin bo‘lgan. Bunda chaqaloq shifoxonada yana uch oy yotishi kerak bo‘lgan.

Ota-ona bunday xarajatni to‘lay olmagani sababli, ular bolani boshqa klinikaga olib o‘tishga qaror qilgan. Shundan so‘ng shifokorlar ota-onaga chaqaloq o‘lik ekanligini ma’lum qilgan va qarindoshlarga egizaklarning jasadlari solingan ikkita polietilen paketni bergan.

Olti soatdan so‘ng, jasadlarni kuydirish marosimidan oldin ota-ona paketlardan biri qimirlaganini payqab qolgan.

Ular darhol paketni yirtgan va chaqaloqning nafas olayotganini ko‘rgan. Shu zahotiyoq chaqaloq eng yaqin shifoxonaga olib borilgan. Ayni vaqtda chaqaloqning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

Hindiston sog‘liqni saqlash vaziri Jagat Prakash Nadda hodisaga o‘z munosabatini bildirib, Dehli rahbariyatiga uni o‘rganib, tegishli choralar ko‘rishga topshiriq bergan. Mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari allaqchon tekshiruvni boshlagan.

Max Hospital klinikasi tomonidan bolaning jasadi qarindoshlariga hech qanday hayot belgilarisiz topshirilgani ma’lum qilingan. Xatolik uchun javobgar shifokor esa ayni vaqtda ta’tilda. Klinika shifokorlari beparvolikda ayblanmoqda.

Опубликовано: admin (3-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют