» » Sherzod Shermatov: Belarus yuqori texnologiyalar parki asoschisi biz bilan hamkorlik qilishga tayyor

Sherzod Shermatov: Belarus yuqori texnologiyalar parki asoschisi biz bilan hamkorlik qilishga tayyor


1-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Belarus Yuqori texnologiyalar parki asoschisi V.V.Sepkalo bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida xabar berildi.

Sepkalo O‘zbekistonga iqtisodiyotning AKTdan foydalanishga asoslangan yuqori texnologiyali tarmoqlarini shakllantirish va faol rivojlantirish sharoitlari, xususan, yaqinda tashkil qilingan, Mirzo Ulugbek Innovation Center axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash innovatsiya markazi faoliyati bilan tanishish uchun keldi.

“Aholisi biznikidan uch marta kam bo‘lgan Belarusda o‘tgan yili dasturiy ta’minot eksporti qariyb 1 milliard AQSh dollarini tashkil qildi. Bunga V.Sepkalo tomonidan 12 yil avval asos solingan Yuqori texnologiyalar parkida maxsus soliq va huquq rejimini yaratish sharofati bilan erishildi”, — deb yozdi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov o‘z Facebook’ida.

Uning aytishicha, Belarusda ham dastlab ko‘pchilik ushbu tashabbusning muvaffaqiyat qozonishiga ishonmagan, ammo keyinchalik o‘sish keskin ko‘tarilib ketgan.

Ta’kidlanishicha, Mirzo Ulugbek Innovation Center innovatsiya markazini yaratishda Belarusning Yuqori texnologiyalar parkini tashkil qilish bo‘yicha ilg‘or tajribasi ham o‘rganib chiqilgan.

Uchrashuv chog‘ida Sepkalo innovatsiya markaziga shakllanishda va kompyuter dasturlarini ishlab chiqish sohasini rivojlantirishda zarur amaliy yordamni ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Bu, avvalo, yetakchi IT-korporatsiyalarni jalb qilish va O‘zbekistonda ular uchun dasturiy ta’minot markazlarini yaratish, O‘zbekistonning yetakchi texnika universitetlari bazasida IT-mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha laboratoriyalarni yaratishdir.

Tomonlar dasturiy ta’minot va axborot texnologiyalari sanoatini o‘stirish va rivojlantirishdagi hamkorlik bo‘yicha tajriba almashishda davom etishga kelishib oldi.

Опубликовано: admin (3-12-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют