» » Bundesliga. Dortmund “Borussiya”si ketma-ket yetti o‘yinda ochko yo‘qotdi. Chempion yana “Bavariya”mi?

Bundesliga. Dortmund “Borussiya”si ketma-ket yetti o‘yinda ochko yo‘qotdi. Chempion yana “Bavariya”mi?


Germaniya Bundesligasining 14-turiga kelib “Borussiya Dortmund” futbolchilari navbatdagi bor ochko yo‘qotdi.

Leverkuzenda “Bayer”ga qarshi saf tortgan Peter Bosh shogirdlari 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Mezbonlar 45 daqiqa bir kishi kam to‘p surgan bo‘lsa-da, mag‘lubiyatga uchramaslik yo‘lini topa oldi.

Dortmundlik futbolchilar ketma-ket yetti o‘yinda ochko yo‘qotdi. Shu tariqa mazkur jamoaning peshqadam “Bavariya” bilan oradgi farqi 10 ochkoga yetdi. Yupp Xaynkes Myunxenga qaytganidan so‘ng, “Bavariya” raqiblariga kun bermayapti.

O‘tgan tur o‘z irodasini namoyish qilib, Rur derbisida 4 ta gol farqini yo‘qqa chiqara olgan “Shalke”, mazkur turda mavsum boshidan buyon g‘alaba nima ekanini bilmay kelayotgan “Kyoln”ni yenga olmadi. Shu tariqa “Shalke” 2-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi.

Turning markaziy o‘yinida amaldagi vitse-chempion “Leyptsig” 30 yoshli mutaxassis jamoasi bo‘lmish “Xoffenxaym” oldida ojiz qoldi.

Germaniya Bundesligasi

14-tur bellashuvlari

2-dekabr, shanba

Gollar: Arturo Vidal, 17 (1:0). Charlison Benshop, 35 (1:1). Kingsli Koman, 67 (2:1). Robert Levandovski, 87-pen (3:1).

Noaniq penalti: Niklas Fyullkrug, 29 (G).

Gollar: Kevin Folland, 30 (1:0). Andrey Yarmolenko, 73 (1:1).

Chetlatish: Vendell, 41 (mezbon).

Gollar: Nadem Amiri, 13 (1:0). Serj Gnabri, 52 (2:0). Serj Gnabri, 62 (3:0). Mark Ut, 87 (4:0).

Gollar: Gvido Burgshtaller, 36 (1:0). Seru Girassi, 50 (1:1). Amin Arit, 72 (2:1). Seru Girassi, 77-pen (2:2).

Chetlatish: Yuya Osako, 93+ (K).

3-dekabr, yakshanba

“Volfsburg” — “Borussiya Myonxengladbax”

Опубликовано: admin (3-12-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют