» » Lola Karimova-Tillayeva: “Yo‘qotilgan jannatni izlab...” nomli navbatdagi ko‘rgazma loyihasini taqdim etishdan xursandman

Lola Karimova-Tillayeva: “Yo‘qotilgan jannatni izlab...” nomli navbatdagi ko‘rgazma loyihasini taqdim etishdan xursandman


Islom Karimov nomidagi Fondning unutilib borayotgan o‘zbek chitgarligi san’atiga bag‘ishlangan “Yo‘qotilgan jannatni izlab...” nomli navbatdagi ko‘rgazma loyihasi taqdim etildi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Chitgarlik maktabi bir asrdan ko‘proq tarixga ega bo‘lib, XIX asr va XX asrning boshlarida Toshkent, Buxoro, Xiva, Marg‘ilon va Namangan shaharlarida rivoj topgan edi. Afsuski, bugungi kunda ushbu hunarmandchilik turi yo‘qolib ketish arafasida turibdi”, — deyiladi Lola Karimova-Tillayevaning postida.

Ko‘rgazma 30-noyabr kuni Toshkent fotosuratlar uyida ish boshladi. Unda o‘zbek chitgarligi san’atiga mansub mumtoz va zamonaviy uslubdagi matolar, shuningdek yog‘och qoliplarning turli na’munalari havola etilgan.

Chitgarlik amaliy bezak san’atining qadimiy turlaridan biri bo‘lib, yog‘och qoliplar yordamida matoga gul bosish jarayonidan iborat.

O‘zining bejirimligi, qo‘llanishda qulayligi va arzonligi tufayli bunday matolar xalq orasida keng tarqalgan edi. Chitgar ustalar matoni yaratish jarayoni murakkab bo‘lishiga qaramay, ushbu san’atda yuqori natijalarga erishgan.

Xalq hunarmandchiligining mazkur turi XX asrning o‘rtalariga kelib deyarli yo‘qolib ketdi, va 1970-yillarning oxiri 1980-yillarning boshida vaqtincha qayta tiklandi. Afsuski, 2000-yillarning boshiga kelib chitgarlik san’ati deyarli yo‘qolib borayotgan san’at turlaridan sanalib, Buxoro, Toshkent va Marg‘ilon shaharlarida qisman saqlanib qolgan.

Marg‘ilonda ushbu hunarmandchilik turi Rahimjon Mirzaahmedov, Toshkentda — Abduhoshim Rahimov va Yura Pak, Samarqandda — Volodya Axatbekov, Buxoroda — Habiba Malikovalarning say’-harakatlari tufayli davom etib kelmoqda. Ko‘rgazma 20-dekabrga qadar davom etadi.

Опубликовано: admin (3-12-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют